
Jamiyat
Joriy yilda taʼlim muassasalarini oldingi yillarda bitirgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar OTMlarga kirish imtihonlari va oʻqishni koʻchirish test sinovlarida qatnashish uchun 187 ming 500 soʻm toʻlov qilishi kerak boʻladi.
Chunki test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan toʻlov summasi bazaviy hisoblash miqdoriga qarab belgilanadi. Amaldagi tartibga koʻra, yuqorida taʼkidlab aytilgan talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida toʻlov qilishi lozim. Ushbu miqdor esa hozirda 187 ming 500 soʻmga toʻgʻri keladi (375 ming soʻmning yarmi).
Maʼlumot uchun, oʻtgan yili test sinovlarida qatnashish uchun toʻlov miqdori 170 ming soʻmni tashkil etgan edi. Shu hisobda, toʻlov summasi 17 ming 500 soʻmga koʻtarilgan.
Eslatma! Quyidagi abituriyentlar toʻlovdan ozod etilgan hisoblanadi:
▪️ oʻqishni test oʻtkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
▪️ nogironligi boʻlgan shaxslar;
▪️ mehribonlik uylari bolalari;
▪️ bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
▪️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
▪️ “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi yoshlar.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q