Oʻzbekistonliklar yana bir davlatga vizasiz sayohat qilishi mumkin

Saqlash
11:48 / 08.04.2025 370 0

Kecha, 7-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Vyetnam Milliy majlisi Raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Suhbat avvalida delegatsiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Vyetnam Kommunistik partiyasi Bosh kotibi To Lam, Prezidenti Luong Kuong va Bosh vaziri Fam Min Tinning salomini yetkazgan.

 

Shundan soʻng Oʻzbekiston bilan Vyetnam oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish masalalari batafsil koʻrib chiqilgan.

 

Xabarga koʻra, uchrashuvda yangi loyihalarni ilgari surish uchun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi boʻyicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib olingan.

 

 

Shuningdek, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, xususan, vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

Qoʻshma tashabbuslarning amaliy ijrosini taʼminlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga ahdlashib olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//