
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda 220 ta mulk ziyorat markazi uchun tortib olinadi” mazmunidagi xabar tarqaldi.
Shundan soʻng mazkur maʼlumotlar yuzasidan Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan.
Maʼlum boʻlishicha, Prezidentning 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 6165-son farmoyishi qabul qilingan boʻlib, unga koʻra Samarqand shahrining “Chokardiza” qabristonida joylashgan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklash, hududlarni obodonlashtirish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Taʼkidlanishicha, aynan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasining atrofini kengaytirish maqsadida buzilishi qayd etilgan turar joy binolarining 217 tasi fuqarolarga tegishli. Ushbu binolar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan madaniy meros obyekti sifatida milliy roʻyxatga kiritilmagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi 5150-sonli qarorining 4-bandida moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida obyektlarni qurish, buzish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishish belgilangan. Bunda Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va obyektlar boʻyicha loyihalar Agentlik tomonidan YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy komissiyasi orqali YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishgan holda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan.
2025-yilning 6-mart kuni Agentlik huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 4-sonli yigʻilishida ushbu masala atroflicha koʻrib chiqilgan va yakuniy xulosa berilgan. Kengash xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 9-fevral kuni qabul qilingan 6165-sonli farmoyishi maʼlumot va ijro uchun qabul qilingan.
Shuningdek, Samarqand shahrida joylashgan “Imom Moturidiy majmuasi”ning atrofini kengaytirish va ishlari yuzasidan taklif maʼqullangan. Shuningdek, Ilmiy-ekspert kengashi bayonida Madaniy meros agentligi “Imom Moturidiy majmuasi” atrofini kengaytirish va obodonlashtirish loyihasi bilan Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablariga muvofiq YUNESKOning Umumjahon merosi markazini xabardor qilish choralarini koʻrish belgilangan. Shu bilan birga hujjatda ushbu hududlarda olib boriladigan har qanday qurilish, obodonlashtirish ishlarining loyihalari oʻrnatilgan tartibda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi qatʼiyan belgilab qoʻyilgan. Mazkur hududda amalga oshiriladigan kengaytirish va obodonlashtirish ishlarining nazorati Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasiga yuklatilgan.
Rasmiy munosabatda eslatib oʻtilishicha, uy-joylari buzilayotgan aholi vakillarining turar joylari bozor qiymatida hisoblanishi va belgilangan tartibda kompensatsiya pullari toʻlab berilishi rejalashtirilgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q