Oʻzbekiston sayyohlar oqimi boʻyicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilmoqda

Saqlash
16:01 / 07.04.2025 124 0

Qozogʻistonning ranking.kz saytida Markaziy Osiyoda sayyohlar oqimining oshib borishi tahlil qilindi.

 

Xabarga yozilishicha, 2023-2024-yillar koʻrsatkichi solishtirilgan maqolada Oʻzbekiston mintaqada yetakchilikni qoʻlga kiritib, sayyohlar oqimi eng tez oʻsishi surʼatini saqlab qolgani yozilgan.

 

Jumladan, 2024-yil Oʻzbekistonga borgan xorijiy sayyohlar soni 20,1 foiz oshib, 8 million kishiga yetgan. Ularning 6,3 million nafari yoki 79,4 foizi chegarani piyoda kesib oʻtgan xorijliklardir.

 

“Bu mamlakatga kirishni xohlovchilar avtomobil transportining transmilliy xususiyatidan dalolat beradi”, deyiladi maqolada.

 

Bundan tashqari, mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham turizm rivoji kuzatilgan.

 

Milliy statistika idoralari maʼlumotiga koʻra, 2024-yil Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga norezident tashrif buyurganlar umumiy soni 28,6 millionni tashkil etgan. Bu boradagi oʻsish 2023-yilga nisbatan 11 foizni tashkil qilgan. Eng katta oʻsish Qozogʻiston koʻrsatkichlariga toʻgʻri keladi – 15,3 mln nafar sayyoh.

 

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston turizmi rivoji, sayyohlar oqimining ijobiy oʻsish surʼatiga turistlarga koʻrsatilayotgan xizmat turi va sifati koʻtarilgani bilan bogʻliq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//