
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Madina shahrida xurmo ekib, savob oling” mazmunidagi pul evaziga biror bir shaxs nomidan koʻchat ekish vaʼda qilinayotgan videolar tarqalmoqda.
Oʻzbekiston ekologik partiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev mazkur holatga eʼtibor qaratib, shu ishga faol yondashayotganlarni tanqid qildi.
Xamzayevning yozishicha, suratlarda ayrim fuqarolar tomonidan pul oʻtkazilgani va ularning nomidan xurmo koʻchatlari ekilayotgani ham tasvirlangan.
“Islom dinida ham “Yaxshilikni avval yaqinlaringga qil” degan gap bor. Endi savol tugʻiladi, nima uchun oʻz mablagʻimizni oʻzga yurtning obod boʻlishi, begona odamlarning qulay sharoitda yashashiga sarflashimiz kerak?
Daraxt ekish ezgu amal, bunga hech bir eʼtiroz yoʻq. Ammo shu ishni vatanimizda, ota onamiz, yaqinlarimiz, qolaversa, kelajak avlodlarimizga nafi tegadigan joyda qilish toʻgʻri emasmi?! Eng yomoni, bunday paytda firibgarlar ham “otini qamchilaydi”. Madinada daraxt ekish bahonasida yigʻilgan pullar firibgarlar qoʻlida yoʻq boʻlib ketish ehtimoli ham katta”, deb yozadi Ekologik partiya rahbari.
U Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga ham toʻxtalar ekan, har yili yurtni obod qilish, choʻllanishga qarshi kurashish maqsadida 200 millionlab koʻchatlar ekilayotganini taʼkidlagan. Buning qoʻshimcha qilishicha, fuqarolarning faolligi, jonkuyarligi boʻlmasa bu maqsadga erishish oson boʻlmaydi.
“Bu Vatan hammamizniki. Shunday ekan xayrli va savobli ishlarimizni oʻz yurtimizda qilaylik. Zero, ertaga bu yerda sizu bizning farzandlarimiz, kelajak avlodlarimiz yashaydi”, deb yozdi Abdushukur Xamzayev oʻz sahifasida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q