Saida Mirziyoyeva “Vaqt qumlari” konsertida ishtirok etdi (foto)

Saqlash
09:21 / 07.04.2025 188 0

Kecha Chilpiq qalʼasida “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti boʻlib oʻtdi.

 

 

 

Saida Mirziyoyevaning xabariga koʻra, u Qoraqalpogʻiston zaminida oʻtkazilgan ilk open air formatidagi konsert boʻlib, tadbirda pianist Kirill Rihter oʻz mahoratini Milliy simfonik orkestr joʻrligida namoyish etgan.

 

 

 

“Simfonik musiqa, Sharq sheʼriyati va xalqona ohanglar uygʻunlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi oʻrtasidagi madaniy koʻprik, deb atash mumkin”, deb yozadi Mirziyoyeva oʻz Telegram sahifasida.

 

 

 

Taʼkidlanishicha, “The Sands of Time” (“Vaqt qumlari”) konserti Sharqning ulugʻ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan gʻoya mahsuli hisoblandi.

 

 

“Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolagʻa boʻlmaydi!” deydi Saida Mirziyoyeva.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//