
Sport
Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida kattalar o‘rtasida yangi tuzilgan World Boxing tashkiloti homiyligidagi Jahon kubogining birinchi bosqichi yakunlandi.
To‘lqin Qilichev boshchiligidagi erkaklar jamoasining 10 nafar vakilidan faqat ikki a’zosi medalsiz qoldi: Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg) turnirdagi ishtirokini chorakfinaldan boshlagandi, ammo ilk jangdayoq mezbonlar vakili Yuri Reysga yutqazdi. Iqboljon Xoldorov (-70 kg) saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgandi, ammo chorakfinalda angliyalik Odel Kamaraga yutqazib qo‘ydi.
Jahongir Zokirov (+90 kg) ham ishtirokini yarimfinaldan boshladi va qozog‘istonlik Daniyal Saparbayga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:0). Finalda esa angliyalik Damar Tomasni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston boks jamoasining hozirgi avlodi yetakchisi To‘rabek Habibullayev (-90 kg) ham ishonchni to‘la oqladi. U ishtirokini yarimfinaldan boshladi va hindistonlik Vishalni qiyinchiliksiz mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi (5:0). Finalda ham angliyalik Isaak Okohga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (5:0).
Akmaljon Isroilov (-85 kg) saralash jangida Leonid Berishadan ustun keldi, yarimfinalda polshalik Yakub Strashevskini taslim etdi, ammo finalda qozog‘istonlik Daulet Tulemissovga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Natijada Qozog‘iston jamoasi jami oltita medalga (uchta oltin va uchta bronza) ega chiqdi va umumiy reytingda uchinchi o‘rinda joylashdi. Jahon kubogining keyingi bosqichiga Qozog‘iston mezbonlik qiladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q