Endi toʻlov tizimlaridagi pul oʻtkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi

Saqlash
11:24 / 04.04.2025 284 0

2025-yil 2-iyuldan boshlab toʻlov tizimlari, elektron pullar tizimlari va toʻlov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytiriladi.

 

Markaziy bank va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ishlab chiqilgan qarorga koʻra, endilikda toʻlov tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni tekshirish boʻyicha mustaqil choralar koʻrishi shart:

▪️ jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda;

 

▪️ Elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda;

 

▪️ BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tashkiloti mobil ilovasida akkaunt ochmasdan yoki mobil ilovasidagi akkauntdan foydalanmasdan operatsiyalarni amalga oshirishda;

 

▪️ mijoz toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlar toʻgʻriligiga yoki yetarli ekanligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.

 

Bundan tashqari, hujjatda 11,25 mln soʻmdan yuqori elektron pul oʻtkazmalarida joʻnatuvchi va oluvchi haqidagi toʻliq identifikatsion maʼlumotlar ilova qilinishi majburiyligi boʻladi. Bunda:

➖ Jismoniy shaxslar: pasport yoki ID-karta raqami, tugʻilgan sana va joyni;

 

➖ Yuridik shaxslar uchun: tashkilot nomi va STIR raqamni ilova qiladi.

 

Shu bilan birga, har bir operatsiya uchun tavakkalchilik darajasiga mos aniqlik darajasi belgilanadi va identifikatsiya maʼlumotlari alohida tartibda yuritiladi.

 

Maʼlumot uchun, bunday choralardan koʻzlangan maqsad pul yuvish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashishdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//