Hafta davomida baʼzi joylarda harorat +33 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
17:25 / 01.04.2025 140 0

Oʻzgidromet 1–4-aprel kunlari kuzatilishi kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, bugun va ertaga kunduzi harorat +22– +27 darajani tashkil etadi, ish haftasining oxiriga kelib havo +28– +30 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +33 darajagacha isiydi.

 

“Bu aprel oyi boshi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan +5- +7 darajaga yuqoridir”, deyiladi xabarda.

 

Respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatda 1–3-aprel kunlari kunduzgi harorat daraja +25– +30 boʻlgan quruq va juda iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 4-aprelda esa harorat 5–7 darajaga pasayadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 3-4-aprel kunlari esa respublika boʻyicha 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bugun havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +10– +15, kunduz kunlari 1-2-aprelda +24– 26, 3-4-aprelda +26– +29 darajada boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//