Madaniyat
Oʻzbekiston tarixida ilk bor Yasmina Xusniddinova Italiyadagi nufuzli Sanremo Junior koʻrik tanlovida Gran-pri sohibasiga aylandi. Bu haqda xonanda Didjey Piligrim ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berdi.
Sanremo Junior-2025 xalqaro bolalar qoʻshiqlari tanlovi 26-mart kuni Italiyadagi mashhur Ariston teatrida boʻlib oʻtdi. Ushbu bellashuvda 25 mamlakatdan 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan yakkaxon yosh isteʼdodlar 32 kishilik orkestr hamrohligida jonli ijroda bahslashgan. Tanlov natijalari 30-mart kuni eʼlon qilingan.
Yasmina Xusniddinova xalqaro tanlovga qanday yetib borgan?
Yasmina Xusniddinova “Ovoz“ bolalar shousining 1-mavsumida Didjey Piligrim boshchiligidagi jamoada finalgacha yetib kelib, muxlislar ovozi bilan 3-oʻrinni egallagan. Taʼkidlanishicha, mazkur mavsum ishtirokchilarining barchasining roʻyxati Italiyadagi xalqaro tanlov uchun yuborilgan. Biroq saralash jarayonida faqatgina Yasmina Xusniddinova tanlab olingan.
26-mart kuni final bahslari oldidan Yasminani qoʻllab-quvvatlash uchun Italiyaga uning “Ovoz” loyihasidagi ustozi Didjey Piligrim taxallusi bilan ijod qiluvchi Ilhom Yoʻlchiyev ham yetib keladi. Jarangdor ovoz bilan sahnadagi mahoratni uygʻunlashtirgan Yasmina SANREMO JUNIOR-2025 xalqaro tanlovining yagona oliy mukofoti — Gran-pri sohibasiga aylandi. Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan Yasmina dunyo musiqa ixlosmandlarini larzaga soladi. Taqdirlash marosimidan keyin tanlovda Yasminaga muxlislik qilganlar u va ustozi bilan esdalik suratlarini kadrlarga muhrlash uchun uzun navbatlar hosil qilgan.
Didjey Piligrim oʻquvchisi raqobatsiz gʻoliblikka erishganini aytdi:
“Madinaxon, molodes! Yasminaxon, molodes! Madina bizning Yasminochkaning oʻqituvchisi. U tufayli biz shunday natijaga erishdik. Olgʻa, yangi Oʻzbekiston! Yasmina raqobatsiz yutdi! Mana bu inson, prezident Paulo Alberto raqobatsiz gʻolib boʻldi, dedilar va Yasminadan sahnada yana bir bor kuylab berishini soʻradilar” — deydi Ilhom Yoʻlchiyev.
Boshqa manbalarda boʻlsa, Yasmina ikkinchi oʻrinni olgan raqibidan 1 ball ustunlik bilan birinchi oʻrinni egallagani qayd etilib, kurash oson kechmagani taʼkidlanadi.
Oʻzbekistonliklar Yasminani koʻtarinki kayfiyatda kutib oldi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109714
Jamiyat
94095
Jamiyat
89880
Jamiyat
73074
Jamiyat
//
Izoh yo‘q