
Jamiyat
Samarqand shahrida birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan shaharning ayrim koʻchalari yopiladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1–5-aprel kunlari bir qator oliy taʼlim muassasalariga yozgi taʼtil hisobidan qisqa muddatli oʻquv taʼtili beriladi. Bu oliygohlar quyidagilar:
▪️ Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (SamDU);
▪️ Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDCHTI);
▪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (SamISI);
▪️ “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
▪️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;
▪️ Samarqand davlat tibbiyot universiteti (SamDTU);
▪️ Oʻzbekiston- Finlandiya pedagogika instituti.
Oʻquv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.
Maʼlumot uchun, ushbu oliygoh talabalari uchun qoldirilgan dars mashgʻulotlari yozgi taʼtilning ilk kunlari hisobidan oʻtkaziladi. Yaʼni, hozir 5 kun dam olishadi, evaziga yozgi taʼtilga 5 kun kechroq chiqishadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q