Aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Saqlash
17:49 / 29.03.2025 316 0

Bu yil aprel oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi.

 

Oyning birinchi besh kunligida havo harorati +22– +25 daraja iliqdan +27– +30 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +32 daraja iliqqacha koʻtarilishi kutilmoqda.

 

Oyning ikkinchi besh kunligida havo harorati asosan +22– +27 daraja iliqni tashkil etadi.

 

7-aprelda respublika shimolida, 8–10-aprelda markaziy va sharqiy hududlarning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari +8– +13 daraja iliqdan +2– +7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +25– +30 daraja iliqdan +10– +15 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//