Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 11 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

Saqlash
10:10 / 29.03.2025 230 0

Bugun, 29-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Moskvadan uchib kelgan samolyot qabul qilib olindi.

 

Xabarga koʻra, havo kemasi bortida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 11 nafar voyaga yetmagan oʻzbekistonlik bola ham boʻlgan.

 

“Jarayon davomida Oʻzbekistonning RFdagi elchixonasi bolalarni vatanga qaytarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirdi”, deyiladi xabarda.

 

Bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, ularning 4 nafari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan oʻz oilalariga, 7 nafari esa vasiylik va homiylik tayinlangan holda yaqin qarindoshlariga topshiriladi.

 

Voyaga yetmaganlarga, shuningdek, ijtimoiy yordam ularning kelgusidagi yashash joylarida ham davom ettiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//