
Jamiyat
Prezident farmoni bilan yoshlarga yana-da keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Jumladan:
▪️ Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi. U yerda soha vakillari oʻqitiladi.
▪️ Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha). Ular quyidagicha toʻlanadi:
➖ ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 50 foiz kamaytirilgan stavkada toʻlaydi;
➖ tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga kiritiladi. Bunda ular oʻz istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtishlari mumkin.
▪️ C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi. Bunda ularning sertifikat olganiga 2-yildan oshmagan boʻlishi lozim. Imtiyozli davr 6 oy boʻlib, ssuda 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda beriladi.
▪️ “Yorqin isteʼdod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda oʻqitiladi. Ushbu jarayonda yoshlarni salohiyatiga mos keladigan xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslari tashkil etiladi.
El-yurt umidi” jamgʻarmasiga joriy yilda “Yorqin isteʼdod” loyihasi uchun 300 milliard soʻm ajratiladi.
Jamgʻarma orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.
▪️ “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
▪️ TOP-100 OTMning PhD bitiruvchilari uchun 10-yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (2150 BHMgacha).
▪️ Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qoʻmondon” stipendiyasi joriy etiladi.
▪️ Muhandislik olimpiadalari gʻoliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.
▪️ Milliy media-kontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln soʻmgacha grant ajratadi.
▪️ Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd soʻmli “Yashil tashabbuslar jamgʻarmasi” tashkil etiladi.
▪️ Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari toʻliq rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
▪️ Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).
▪️ Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).
▪️ Samarqandda “Take Off” startap sammiti oʻtkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q