
Jamiyat
Oʻzgidromet 28–31-mart kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun respublika boʻyicha havo biroz bulutli boʻlishi saqlanib turadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻadi.
Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +10– +15 daraja iliqni tashkil etadi.
29–31-mart kunlari Oʻzbekiston boʻyicha iliq va quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat 29-martda ayrim togʻli hududlarda yogʻingarchilik
(yomgʻir, qor) boʻladi.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 30-31-mart kunlari respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari +3– +8 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa +19– +22 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda +23– +26 daraja iliqqacha isiydi.
Toshkent shahrida bugun havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat +10– +12 daraja iliq boʻladi.
29–31-mart kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +5– +8 daraja iliq boʻladi, kunduz kunlari +20– +22 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q