Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan ertaga, 29-mart kuni oliy darajadagi norasmiy uchrashuv oʻtkazish uchun amaliy tashrif bilan Olmaota shahrida boʻladi.
Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi.
Xabarda yozilishicha, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish eʼtibor markazida boʻladi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yilning aprel oyi boshida Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilarining shunday ikki tomonlama uchrashuvi Xiva shahrida boʻlib oʻtgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
110197
Jamiyat
94342
Jamiyat
90221
Jamiyat
73632
Jamiyat
//
Izoh yo‘q