Elektr energiyasi va gaz tariflarining oshirilishi bir oyga kechiktiriladi

Saqlash
13:08 / 28.03.2025 221 0

Prezidentimiz aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz boʻyicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirigʻini berdi.

 

Shu sababli ham, endi yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1-apreldan emas, 1-maydan kuchga kiradi.

 

Xabarga koʻra, 2024-yil 16-apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//