
Jamiyat
Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi. Musulmonlar idorasi ramazon oyi 29 kun boʻlgani yuzasidan tushuntirish berdi.
Unda taʼkidlanishicha, milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik boʻlgani kabi hijriy oylar, jumladan, ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik boʻlishi mumkin. Hijriy oyning milodiy oydan farqi shuki, masalan, mart oyi doimiy ravishda 31 kunlik boʻlsa, hijriy oylar hilolning yangilanishi bilan bogʻliq boʻlgani uchun qaysi oy necha kunlik boʻlishi oyning koʻrinishiga qarab aniqlanadi.
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam oxiratga rihlat qilgunlariga qadar toʻqqiz yil Ramazon roʻzasini tutganlar. Shulardan aksarida ramazon oyi yigirma toʻqqiz kunlik, ozrogʻida oʻttiz kunlik boʻlgan. Bu borada Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda zikr qilingan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida 29 kun tutgan roʻzamiz 30 kun tutganimizdan koʻproq edi”.
Demak, ramazon oyi necha kun boʻlsa, shuncha kun roʻza tutiladi va oʻsha mukammal roʻza hisoblanadi. Shunga koʻra, hech kim oʻzicha ramazon doim oʻttiz kun boʻladi, deb hukm chiqarishi aslo toʻgʻri emasdir. Bunday deyish sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir.
Ramazon oyi 29 kunlik boʻlib kelgan taqdirda ham biz oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal roʻza tutgan boʻlamiz”, deyilgan xabarda.
Oʻzbekistonda ramazon oyi 1-martdan boshlangandi. 2025-yilgi Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanishi 26-mart kuni eʼlon qilindi. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga koʻchiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q