Jamiyat
O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (O‘zTMK) volfram sanoatidagi eng nufuzli tashkilot – Xalqaro Volfram Sanoati Assotsiatsiyasi (ITIA)ning to‘laqonli a’zosiga aylandi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan ilk davlat sifatida tarixga kirdi. Xalqaro volfram sanoati assotsiatsiyasining a’zosi bo‘lish O‘zTMK uchun bozor ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish, statistik ma’lumotlar olish, yillik yirik xorijiy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.
Ma’lumot uchun, assotsiatsiyaning asosiy maqsadi – volframning global ishlab chiqarilishi, qayta ishlanishi va iste’mol bozorlarini tahlil qilish, sohani raqamli va analitik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ilmiy yondashuvlar va barqaror yechimlarni ilgari surish hisoblanadi. ITIA bugungi kunda Yaponiya, Germaniya, Avstriya kabi texnologik yetakchi davlatlarning yirik kompaniya va ilmiy markazlarini o‘z atrofiga birlashtirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95092
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q