Ertaga aksariyat hududlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
12:18 / 27.03.2025 263 0

“Oʻzgidromet” 28-mart, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʻlon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

 

Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//