Oʻzbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi

Saqlash
17:19 / 26.03.2025 412 0

Prezidentning “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unda yozilishicha, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uchun qabul qilingan. Shu munosabat bilan, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

 

Taʼkidlanishicha, ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba – dam olish kuniga toʻgʻri kelishi sababli ushbu dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga koʻchiriladi.

 

Ammo ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

 

Shu hisobda, shanba kuni (29-mart) 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish, 6 kun ishlaydiganlar uchun esa ish kuni hisoblanadi.

 

Yakshanba (30-mart) esa Ramazon hayiti nishonlanadigan kun. Dushanba (31-mart) barcha uchun koʻchirilgan dam olish kuni boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//