
Jamiyat
Toshkent shahar FVB boshligʻi oʻrinbosari pora olishda gumonlanib qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXX organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosarining noqonuniy harakatlari aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, mansabdor shaxs xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yongʻindan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar boʻyicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yoʻli bilan pora olib kelgan.
Bunday obyektlar ichida umumiy oʻrta taʼlim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.
Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q