
Siyosat
Yangi Bundestagning ilk yigʻilishi kuni Germaniya prezidenti Shtaynmayer Frank-Valter federal kansler Olaf Shols va u boshchiligidagi 14 nafar vazirni isteʼfoga chiqardi. Ular isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi guvohnomalarini olgan boʻlsa-da, vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi sifatida lavozimida qolgan. Bu haqda Deutsch Welle nashri xabar berdi.
Foto: Ralf Hirschberger/AFP
Isteʼfoga chiqish marosimi 25-mart kuni Berlin markazidagi Belvyu Prezident saroyida boʻlib oʻtdi.
Vazirlar ishdan boʻshatilgan, biroq vazir vazifasini bajaruvchi sifatida lavozimida qoladi
Federal Germaniya Respublikasining 69-moddasiga binoan, kansler va vazirlar yangi bundestag chaqirilgan kun ishini toʻxtatadi. Birinchi yigʻilish 25-mart kuni boʻlib oʻtdi. Biroq prezident Shtaynmayer Shols va 14 nafar vazirdan yana bir necha hafta oʻz lavozimida qolishini soʻragan. Nashr taʼkidlashicha, bu holat ham Germaniya qonunchiligida mavjud. Endi ular yangi hukumat shakllanguniga qadar faoliyatini davom ettiradi.
Prezident Sholsga minnatdorchilik bildirdi
Prezident Shtaynmayer vazirlar oldidagi nutqida ularga minnatdorchilik bildirib, mehnatlarini eʼtirof etdi, Olaf Sholsni boʻlsa “Aql ovozi” deb atab, kansler va hukumatni Ukrainadagi urushsh oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan katta saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Maʼlumot uchun, prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Olaf Shols bir partiya aʼzosi boʻlgan. Keyinchalik Shtaynmayer 2017-yilda prezident boʻlgani uchun aʼzolikdan chiqadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q