Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida issiq suv oʻchiriladi

Saqlash
10:29 / 26.03.2025 190 0

Bugun, 26-mart kuni 2025−2026-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari doirasida Poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining bir qancha koʻcha va dahalarida soat 18:00 ga qadar issiq suv taʼminoti oʻchiriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent maʼlum qildi.

 

Issiq suv taʼminoti boʻlmaydigan hududlar:

 

Yunusobod tumani — Amir Temur, Osiyo, Bogʻishamol, Minor, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yoʻli, Mingoʻrik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Koʻrgazma, Koʻzitarnoq, Shivli koʻchalari, Markaz-2, 4, 5, 6 dahalari.

Mirzo Ulugʻbek tumani — Mustaqillik, Hamid Olimjon, Markaz-1.

Olmazor tumani — Gulsaroy, Sebzor, Oltinsaroy, Shimoliy Olmazor, Nurafshon, Qoraqamish, Taxtapul, Muxbir, Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5.

Shayxontohur tumani — Zulfiyaxonim, Labzak, Markaz-12, 15.

Chilonzor tumani — Zargarlik, Qatortol, Guliston, Farhod, Choʻponota, Kichik halqa yoʻli, Naqqoshlik, Dombrabod, Serquyosh, Usmur, Tohiyatosh, Al-Xorazmiy, Qizil Sharq, Algoritm, Massiv-5, 6, 8, 9, Markaz 10, 16, 17, 18, 19, 20, 20a, G-35.

Uchtepa tumani — Lutfiy, Shirin, Shayxzoda, Katta Xirmontepa, Farhod.

Yakkasaroy tumani — Kichik halqa yoʻli, Bogʻiboston.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//