Jamiyat
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi. Bu haqda Adlliya vazirligining Huquqiy axborot ttelegram kanalida maʼlum qilindi.
24-mart kuni “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-56-son Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yoʻnalishlar belgilangan. Xususan:
2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi. Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30-yil muddatga tashkil etiladi.
Shuningdek, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.
#yangiruhiyat #tabiatniasra
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q