
Jamiyat
Iftorlikdan oldin Prezident nutq soʻzlarida va butun oʻzbek xalqini, uzoq-yaqindagi jamiki musulmon ummatini davom etayotgan muborak Ramazon oyi bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.
“Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Yaxshilarning ishi – yaxshilik qilishdir”. Chindan ham, bu hayot aynan ezgulik va yaxshilik tufayli doimo yorugʻ va bardavomdir.
Shu bois ezgu niyatlar ijobat boʻladigan muborak Ramazon oyida, Laylatul qadr kechasi arafasida turib, yurtimizda, butun dunyoda tinchlik va farovonlik, mehr-oqibat barqaror boʻlishini soʻrab duolar qilamiz.
Iloyim, hayotimiz doimo mana shunday munavvar, fayzli va barakali boʻlsin!” dedi Prezident.
Shundan soʻng Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida iftorlik marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda nuroniylar, mehnat faxriylari, ulamolar va ziyolilar, turli din va konfessiyalar vakillari, nogironligi bor va ehtiyojmand yurtdoshlarimiz, jami 60 ming nafarga yaqin kishi ishtirok etdi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q