Jamiyat
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti 2025-yilda HE Higher Education Rankings xalqaro reytingida TOP-1000 talikdan joy oldi. Oliygoh 28-oʻrinni band qilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur xalqaro reyting yangi tashkil etilgan boʻlib, ilmiy, akademik va tadqiqot loyihasi hisoblanadi. U oliy taʼlim muassasalari faoliyatini bir qator mezonlar va samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha tartiblaydi hamda ularning faoliyati va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Oliy taʼlim muassasalari faoliyati esa reytingda koʻrsatilgan metodikaga muvofiq baholanadi. Reyting har yili dekabr oyida eʼlon qilinadi. Unga dunyoning yetakchi 1000 ta oliy taʼlim muassasalari kiritiladi.
Reyting YUNESKO, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan qoʻllaniladigan oliy taʼlim sifati va barqaror taʼlimdan foydalanish imkoniyatini, taʼlim jarayonida tenglikka erishishni oʻlchaydigan asosiy samaradorlik koʻrsatkichlariga asoslanadi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90459
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q