
Jamiyat
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan tadbirda “Imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun maxsus resurslar” nomli loyiha muhokama qilindi.
Jumladan, elektron kutubxona uchun nodir manbalar fondini shakllantirish, Oʻzbekiston tarixi va buyuk ajdodlar merosi haqidagi xalqaro tadqiqotlarni jamlashga qaratilgan bibliografiya loyihalari alohida eʼtiborga olindi.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan kitobxonlar uchun audio kitoblar, Lui Brayl yozuvidagi asarlar va tiflokommentariyali filmlar tayyorlash, shuningdek, Registon maydonining taktil 3D maketini yaratish loyihalari maʼqullandi.
Taʼkidlanishicha, ushbu loyiha orqali koʻrish imkoniyati cheklanganlar binoni nafaqat taʼrifini eshitadi, balki ushlab koʻrib, toʻliq tasavvurga ega boʻladi.
Muhokamalar davomida har bir loyihaning texnik topshiriqlari koʻrib chiqilgan.
Yigʻilish yakunida ishtirokchilar tomonidan loyihalarni sifatli amalga oshirish, muhokama qilingan masalalarni qisqa muddatlarda hal etish va kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan zaruriy topshiriqlar berilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q