
Madaniyat
Xitoy poytaxtida “World Leisure Awards 2024” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston 2024-yilda madaniy hordiq chiqarish uchun eng yaxshi yoʻnalish deb topildi.
Xabarda yozilishicha, tadbirda Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega va mamlakat sayyohlar uchun eng qulay joylardan biri ekanini taʼkidlangan.
Maʼlum qilinishicha, xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga oqimini koʻpaytirish maqsadida hozirda ikki davlat oʻrtasidagi havo qatnovlari soni ikki barobarga oshirilgan.
“Oʻzbekiston noyob arxitekturasi, tarixiy obidalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan har yili butun dunyodan millionlab sayyohlarni faol jalb qilmoqda. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga sayohat qilishni xohlovchi xitoylik sayyohlar soni ham ortib borayotgani, eʼtiborlidir”, degan “Travel&leisure” nashri muharriri Syao Yan.
Maʼlumot uchun, 2025-yil Xitoyda “Oʻzbekiston Turizm yili” deb eʼlon qilingan. Ushbu yil doirasida endilikda Xitoyning turli shaharlarida madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q