
Jamiyat
“Yuksalish” harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda 40 yoshgacha boʻlgan TOP-35 rahbar roʻyxati taqdim qildi.
Taʼkidlanishicha, nomzodlar qatori ularning erishgan yutuqlarini xolis baholash asosida shakllantirilgan boʻlib, strategik maqsadlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, taʼlim darajasi (shu jumladan, chet elda olingan), kasbiy tajriba, hamkasblar va jamoatchilik orasida tan olinish kabilar mezon sifatida olingan.
Shuningdek, ularning jamoatchilik kun tartibiga taʼsiri, muhim tashabbuslardagi ishtirokiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Roʻyxat ikki bosqichda shakllantirilgan:
Birinchi bosqichda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq nomzoddan iborat uzun roʻyxat tuzilgan.
Ikkinchi bosqichda fuqarolik jamiyati ekspertlari, tahliliy markazlar va ommaviy axborot vositalari vakillari nomzodlar uchun ovoz berib, gʻoliblarni aniqlagan.
Quyida mazkur roʻyxat keltirilgan:
Xabarga koʻra, bu yil birinchi marta top-35ʼga bir nechta yangi nomzodlar kirdi, jumladan:
• Abdulaziz Abdurahmanov, My Freighter/Centrum Air aviakompaniyasi bosh direktori;
• Abdullajon Otaboyev, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori oʻrinbosari;
• Akbar Kurbanov, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari;
• Akramjon Fozilov, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi;
• Alisher Abdusalomov, Oʻzbekistonning Koreyadagi elchisi;
• Bahodirjon Rahmonov, “Oʻzavtosanoat” boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari;
• Bahodir Rahmatov, Strategik islohotlar agentligi direktori;
• Diyor Imomxoʻjayev, Professional futbol ligasi bosh direktori;
• Iskandar Qutbiddinov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining oʻrinbosari;
• Odil Ahmedov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti;
• Otabek Maxkamov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari;
• Sardor Radjabov, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari;
• Timur Butunbayev, suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari;
•Ulugʻbek Yusupov, “Oʻzarxiv” agentligi direktori;
• Zohidjon Ziyaev, Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari.
“Yuksalish” harakati matbuot xizmati joriy yilgi top-35ʼda yangi nomzodlar soni rekord daraja ekanini maʼlum qildi. Ularning aksariyati raqamlashtirish va innovatsiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q