
Jamiyat
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan, ertaga 25-mart kuni — “Yer vaqti” kuniga bagʻishlab maxsus aksiya oʻtkaziladi.
Aksiya doirasida barcha davlat tashkilotlarida elektr energiyasi bir soatga oʻchiriladi. Bundan maqsad — tabiiy resurslarni asrash, tejamkorlikka rioya qilish va bu orqali sayyoramizga gʻamxoʻrlik koʻrsatish.
Vazirlik barchani ushbu aksiyaga befarq boʻlmaslikka va kun davomida atigi 60 daqiqa elektr energiyasidan foydalanmaslikka chaqirmoqda.
“Bu bilan siz Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga oʻz hissangizni qoʻshasiz va boshqalarni ham sayyoramizga gʻamxoʻrlik qilishga ruhlantirasiz”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q