Jamiyat
Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi “Oylikbot” (chat boti) faoliyati toʻxtatildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, endilikda uning oʻrniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay boʻlgan “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushiriladi.
Mazkur dastur ishga tushirilgandan soʻng, xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur maʼlumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.
Vazirlik ushbu axborot tizimi qachon ishga tushirilishi ochiqlamagan.
“Dasturning ishga tushirilishi haqida rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda qoʻshimcha axborot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112180
Jamiyat
94864
Jamiyat
90940
Jamiyat
75721
Jamiyat
//
Izoh yo‘q