Hafta davomida havo harorati pasayadi

Saqlash
12:47 / 24.03.2025 258 0

Oʻzgidromet 24–28-mart kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, 24-mart kuni Oʻzbekistonning barcha hududlariga nam havo massalari tarqaladi. Respublika boʻylab yomgʻir yogʻadi va baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati +12– +15 daraja iliq atrofida boʻladi.

 

Ish haftasining oxirigacha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi, faqat 26–28-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomgʻir yogʻishi ehtimoli kam.

 

Bu kunlarda harorat asta-sekin pasayadi va kechalari +4– +6, kunduz kunlari +8– +13 daraja iliqni tashkil etadi.

 

24–25-mart kunlari togʻoldi va togʻli hududlarning ayrim joylarida yogʻingarchilik(yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) kuchli boʻladi. Qor koʻchish xavfi bor. Shuningdek, mazkur hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkent shahrida 24-mart kuni yomgʻir yogʻadi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi,10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +15– +17 daraja iliq boʻladi.

 

25-mart kuni ham yomgʻir yogʻadi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6– +8, kunduzi +12– +14 daraja iliq boʻladi.

 

26-27-mart kunlari poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi kutiladi. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +4– +6, kunduz kunlari +8– +10 daraja iliqqacha pasayadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//