Madaniyat
Navroʻz bayrami munosabati bilan Mangʻistau viloyati tarkibidagi Oqtov shahrida 5,5 ming nafardan ortiq aholi milliy liboslarda toʻplanib, Ginnes rekordini yangiladi.
Mazkur natijani qayd etish uchun Ginnesning rekordlar kitobi shtab-kvartirasining vakillari hakamlar komissiyasi sifatida Londondan tashrif buyurgan.
Asosiy shart esa qadimiy yoki zamonaviy milliy liboslarda kelish boʻlgan.
Dengiz boʻyidagi shahar qirgʻogʻida tashkil etilgan tadbirda “Best Fest Nauryz” milliy liboslari festivali ham oʻtkazilgan va bu minglab odamlarni oʻziga jalb qilgan.
Milliy libos kiyganlar ertalab soat 9 dan maydonga toʻplana boshlagan. Yomgʻir yogʻishiga qaramay, soat 11:00 ga kelib ularning soni 4 ming nafarga yetgan.
“Best Fest Nauryz” tadbiriga 5 500 nafardan ortiq kishi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ular turli kasb egalari, qariyalar, yoshlar va mamlakatimizning boshqa viloyat hamda shaharlaridan maxsus tashrif buyurgan aholi vakillaridan iborat boʻlgan.
“Bir necha soat davom etgan sanoq natijalariga koʻra, belgilangan talablar toʻliq bajarilgani tasdiqlanib, Qozogʻiston yangi jahon rekordi egasiga aylanganini tasdiqlovchi maxsus sertifikat topshirildi. Shu tariqa qozoq milliy liboslari Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi”, deb yoziladi viloyat hokimligi xabarida.
Yakunda Mangʻistau viloyati hokimiga Ginnes rekordlar kitobining maxsus sertifikati topshirilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q