Bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlarga javobgarlik kuchaytiriladi

Saqlash
09:16 / 24.03.2025 145 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yigʻilishlarida “Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun keng muhokama qilindi.

 

Hujjatda yozilishicha, 16 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internetdan foydalanib, uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash harakatini bir yil davomida takroran sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.

 

Xabarga koʻra, qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarni jinsiy erkinlikka hamda bola savdosiga qarshi jinoyatlardan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga zamin boʻladi.

 

Shu bilan birga, bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qilmishiga mutanosib jazolanishiga hamda aliment toʻlamaganlik uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatilishiga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//