
Siyosat
Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis Senatining matbuot xizmati.
Parlamentlararo ittifoqning (PI) 150-yillik yubiley assambleyasi 5−9-aprel kunlari boʻlib oʻtishi belgilangan.
Rasmiy axborot manbasiga koʻra, forumda dunyoning 181 ta mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat hamda 25 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotdan 2 mingga yaqin delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirni prezident Shavkat Mirziyoyev ochib beradi.
Qayd etilishicha, yigʻilishning asosiy mavzusi “Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati” boʻlib, unda kambagʻallikni bartaraf etish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy inklyuziyani qoʻllab-quvvatlash va qaror qabul qilish jarayonida kamsitilgan guruhlar ishtirokini oshirish kabi masalalar muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q