
Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida maxkur majmua Imom Buxoriy bobomizga munosib tarzda qurilayotgani taʼkidlandi.
“U ziyorat bilan birga maʼrifat, tarbiya, ibrat oʻchogʻi boʻlsin” – deydi Shavkat Mirziyoyev majmua haqida.
Butun islom olamida eʼzozli boʻlgan ushbu maskan sharoitlarini koʻp ming sonli ziyoratchilarga xos qilib kengaytirish maqsadida Prezident tashabbusi bilan u yerda yangi majmua barpo etilmoqda.
Qayd etilishicha, majmuaning umumiy maydonli 44 gektar. Bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga moʻljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulugʻvorlik bagʻishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, maʼmuriyat va xizmat koʻrsatish binolari barpo etilgan.
Ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bunda milliy anʼanalar va issiq ranglardan foydalanilmoqda. Peshtoqlar va ayvon devorlariga “Sahihi Buxoriy”dan hadislar bitiladi.
Bundan tashqari, hududda ikki ming oʻrinli yigirmadan ortiq mehmonxona, xiyobonlar, toʻrtta tahoratxona barpo etiladi.
Bu yil yurtimizda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi. Shu haqdagi Prezident qarorida kalom ilmi sultonining Samarqand shahridagi majmuasini qayta taʼmirlash va obodonlashtirish belgilangan.
Tashrif chogʻida Prezidentimizga ushbu loyiha taqdimot qilindi. Qayd etilganidek, Moturidiy majmuasida 1 ming 500 kishiga moʻljallangan jome masjid, maʼmuriy bino qurilishi koʻzda tutilgan. U yerda kutubxona, majlislar zali, innovatsion muzey hamda mutaxassislar uchun xonalar boʻladi. Majmua yaqinida ziyoratchilar uchun avtoturargoh, tahoratxona quriladi.
Imom Abu Mansur Moturidiy islom olamida ixtiloflar avj olib, har xil firqalar koʻpaygan paytda yashagan, butun hayotini islomiy aqiydani himoya qilish va maʼrifatini yoyishga bagʻishlagan. U zotning moturidiylik taʼlimoti, “Taʼvilotul Qurʼon”, “Kitob at-Tavhid” kabi asarlari bagʻrikenglik va moʻtadillik tamoyillari bilan ahli sunna val-jamoaning maʼnaviy asoslariga aylangan.
Davlat rahbari bu tamoyillar bugungi kunda ham dolzarb boʻlib borayotganini taʼkidlab, alloma bobomizning merosini yanada keng oʻrganish va jahonga targʻib etish, majmuaga keluvchilarga sharoitlarni kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Bundan tashqari, Oqdaryo tumanidagi Mahdumi Aʼzam qadamjosi ham obod qilinadi. Asli hozirgi Kosonsoy tumanida tugʻilgan soʻfiy olim naqshbandiya taʼlimotining rahnamolaridani biri boʻlgan. Ilm va din yoʻlidagi uzoq safardan soʻng, Samarqand viloyatida abadiy qoʻnim topgan.
Bu maskanga keluvchi ziyoratchilar ham koʻp. Ularga sharoitlarni yaxshilash maqsadida Mahdumi Aʼzam maqbarasi yonida uch qavatli avtoturargoh, tahoratxona qurilishi rejalashtirilmoqda.
Samarqand zaminidan yetishib chiqqan boshqa olim va mutafakkirlar, aziz avliyolarning qadamjolari ham bosqichma-bosqich taʼmirlanib, obod qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q