AQSH prezidenti Donald Tramp Navroʻz bayrami munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Saqlash
12:54 / 21.03.2025 324 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Navroʻz bayrami munosabati bilan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Donald Tramp oʻz tabrigida Amerika Qoʻshma Shtatlari halqi nomidan Shavkat Mirziyoyev va butun Oʻzbekiston halqini ajoyib Navroʻz ayyomi bilan muborakbod etib, bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayrami ekanini qayd etadi.

 

“Mamlakatlarimiz oʻrtasida mustahkam rishtalar oʻrnatilayotganligini yuksak qadrlayman va Sizning izchil islohotlar dasturingizni olqishlayman. Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yoʻlida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman” - deydi AQSH prezidenti.

 

Tramp shuningdek, buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qoʻllab-quvvatlashga sodiq boʻlib qolishini taʼkidlagan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevga bayram tabrigini yuborgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//