
Jamiyat
Oʻzbekistonga shanba va yakshanba kunlari respublikaning gʻarbiy hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, 22-23-mart kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining baʻzi joylarida yomgʻir yogʻadi. Ayrim togʻli hududlarda ham yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda bu qorga aylanadi.
Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda havo harorati asta-sekin pasayadi va 22-27 daraja iliqni tashkil etadi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʻzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi.
Toshkentda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 12-14 daraja iliq, kunduz kunlari 26-28 daraja iliq boʻladi.
Navroʻz bayrami qulay ob-havo sharoitida oʻtadi, faqat respublika shimolida baʻzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 21-25-mart kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sabab Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchish xavfi eʼlon qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q