Bandlik vaziriga yangi maslahatchi va matbuot kotibi tayinlandi

Saqlash
09:19 / 20.03.2025 317 0

 

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi maslahatchi va matbuot kotib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Gulnoza Baxshilloyevna Alimova matbuot kotib — axborot xizmati rahbari lavozimini egalladi. U tayinlovga qadar Xalq bankining Bank brendi va axborot xizmati rahbari — boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Mutaxassisligi boʻyicha xalqaro jurnalist, jamoatchilik bilan aloqalar eksperti. Jurnalistika sohasida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori.

 

Bungacha bu lavozimda ayni vaqtda Migratsiya agentligi matbuot kotibi vazifasida ishlayotgan Jamoliddin Qalandarov faoliyat yuritgan edi.

 

Ummatoy Toʻlqinovna Yoʻldosheva esa Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

 

U 1997-yilda Navoiy shahrida tugʻilgan. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.

 

Tayinlovga qadar Central Asian University oʻqituvchisi, Toshkent shahridagi Alulastra MCHJ direktori hamda “Navoiy yoshlar texnoparki” davlat muassasasi Innox loyiha dasturi murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//