“Tashabbusli budjet” loyihasiga majburiy ovoz to‘plaganlar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Saqlash
16:46 / 19.03.2025 438 0

“Tashabbusli budjet” loyihasiga majburiy ovoz to‘plaganlar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi. Bu haqda loyihaning rasmiy telegram kanalida ma'lum qilindi.

 

Hozirda “Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi davom etmoqda.

 

Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘rganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan. Ish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish bo‘yicha tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilishi ma'lum qilingan.

 

Habikatura bu mavzu yuzasidan yangi karikatura chizdi:

 

 

Ma'lumot uchun “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanadi.

 

Ovoz to‘plashga majburlash holatlariga uchraganlar zudlik bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘ralgan.

 

"O‘z ovozingizni qadrlang, uni faqat o‘zingiz munosib deb bilgan loyihaga bering" – deyiladi xabarda. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//