
Siyosat
Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan ishlab chiqilgan katta dasturga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi. Ushbu tashabbus 19-mart kuni Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida ilgari surdi.
“Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan”, - deydi davlat rahbari.
Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yoʻnaltiriladi.
Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon boʻladi.
“Uy-roʻzgʻor va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi”, - dedi Prezident.
Bu yildan kichik biznesga 300 million soʻmgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki oʻrta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million soʻmi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik boʻyicha ham 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.
Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi boʻlmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q