
Jamiyat
Migratsiya agentligi va Qatarning JUSOUR rekruting tashkiloti oʻzbekistonliklarga savdo tarmoqlari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlarini taqdim etmoqda.
Ish turi savdo yordamchisi boʻlib, oylik 700-750 dollarni tashkil qiladi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
▪️ 21 yoshdan yuqori erkak va ayollar;
▪️ ingliz tilida erkin muloqot qila olish (kamida B1 darajada), rus tilini bilish ustunlik beradi;
▪️ sudlanmaganlik;
▪️ savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish sohasida kamida 2-yillik tajriba;
▪️ Oʻzbekistondan chiqishga taqiq boʻlmasligi.
Ish beruvchi tomon esa nomzodlarga quyidagilarni taklif qiladi:
▪️Qatarga borish xarajatlari;
▪️ishchi viza;
▪️tibbiy sugʻurta;
▪️mahalliy transport kartasi yoki toʻlovlari;
▪️yotoq joy;
▪️oziq-ovqat xarajatlari ish beruvchi hisobidan.
Xabarga koʻra, ish oʻrinlari soni 200 ta.
Maʼlumot uchun, roʻyxatdan oʻtish ishga joylashishni kafolatlamaydi. Nomzodlar ish beruvchilar tomonidan talabnoma kelib tushgandan soʻng tanlov asosida saralanadi.
Maʼlumot olish uchun Migratsiya agentligining 71 202-33-55 (ichki raqam 30) raqamiga bogʻlanish soʻraladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q