Jamiyat
Ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy holati yaxshilanishi oiladagi umumiy farovonlikka taʼsir qilishi isbotlandi.
Taʼkidlanishicha, ayollarni rivojlantirish orqali quyidagi jihatlarni ijobiy tomonga oʻzgartirish mumkin:
Iqtisod. Ayollarning taʼlim olish va iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi oilaga qoʻshimcha daromad manbalarini yaratadi. Bu oiladagi iqtisodiy bosimni kamaytiradi va qiyinchiliklarni yengillashtiradi.
Qarorlar qabul qilish. Ayollarning jamiyatdagi oʻrni kuchayganda, ular oilada qarorlar qabul qilishda faol boʻlishadi. Bu ularning xohish-istaklarini inobatga olishga yordam beradi va oiladagi muammolarni hal qilishda yaxshiroq natijalar keltiradi.
Farzand tarbiyasi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, taʼlim olgan ayollar farzandlarini yaxshi tarbiyalaydi, bu esa oiladagi ziddiyatlarni kamaytiradi va farzandlarning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy taʼsir qiladi.
Psixologik farovonlik. Ayollarning oʻzaro hurmat, maʼnaviy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishi oilaviy munosabatlarni yaxshilaydi va shaxsiy farovonlikni oshiradi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74535
Jamiyat
//
Izoh yo‘q