Bugundan poytaxtda isitish mavsumi yakunlanadi

Saqlash
10:14 / 18.03.2025 136 0

Toshkent shahrida 2024/2025-yillardagi isitish mavsumi rasman 2025-yil 18-martda yakunlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi maʼlum qildi.

 

Xabarda yozilishicha, isitish mavsumi oʻrtacha sutkalik havo harorati +8 darajadan yuqori boʻlgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugashi belgilangan meʼyorlarda koʻrsatib oʻtilgan.

 

Soʻnggi hafta davomida Toshkent shaharida kunduz kunlari havo harorati +18-19 daraja va undan yuqori, kechalari esa +8 darajadan pastga tushmayapti.

 

Gidrometeorologiya markazining prognozida ham yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20– +22 darajadan, kechasi esa +10 darajadan yuqori boʻlishi aytiladi.

 

Ayni paytning oʻzida poytaxtda oʻrtacha sutkalik harorat +12- +13 darajadan oshgan, bu esa isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan meʼyorlarga mos keladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//