
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi yoshlar yetakchilariga “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga topshiriq berilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarda yozilishicha, tarmoqlarga joylangan postlarda ayrim davlat xizmatchilaridan “Ibrat Academy”ning premium versiyasini olish talab qilingan.
“Darvoqe, Ibrat Academy Premium olib, qandaydir sertifikat olish ham ayrim davlat xizmatchilari uchun ixtiyoriy majburiy ravishda talab qilinmoqda, degan xabarlar kelyapti. Bunga ham balki oydinlik kiritilar, ochiq muloqot boʻlsa?”, – deb yozgan X (sobiq Twitter) tarmogʻi foydalanuvchilaridan biri.
Yana bir foydalanuvchi “Yoshlar yetakchilariga “Super start” loyihasini majburan sotib oldirishyapti. Menga IELTS sertifikatim borligi uchun indashmadi” deya tasdiqlagan ham, lekin bu post tarmoqdan oʻchirib yuborilgan.
Kun.uz gaplashgan yoshlar yetakchisi ham bu ixtiyoriy-majburiy topshiriq ekanini maʼlum qilgan. Uning aytishicha, agentlikning joylardagi boshqarmalari xodimlari yetakchilardan ilovani necha kishi sotib olgani haqida maʼlumot soʻraydi.
Pulli variantdan foydalanayotgan xodim esa loyiha maktabda oʻrgatiladiganidan ortiq bilim bermasligini qoʻshimcha qilgan.
Yoshlar ishlari agentligi matbuot xizmati bunday xabarlarni rad etgan. Maʼlum qilinishicha, hech bir yetakchiga ilovaning pulli variantini sotib olish boʻyicha topshiriq berilmagan.
“Agar aniq bir maʼlumot boʻlsa, biz bu holatni tekshiramiz”, – degan agentlik vakili.
Maʼlumot uchun, hozirda “Ibrat Academy” loyihasida oʻz-oʻzini rivojlantirishi uchun pulli versiya joriy etilgan boʻlib, bunda “Super start” uchun byudjetdan mablagʻ ajratilmagan.
216 ta darsni qamrab olgan “Super start” loyihasi obunasi 159 ming soʻm, chegirma bilan 127 ming soʻmga sotilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q