Jamiyat
Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, mazkur qomus 4 jilddan iborat boʻlib, bu oʻzbek adabiyoti va ilm-fanida, ulkan voqelik sifatida baholanmoqda.
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ga Oʻzbekistonning 78 nafar taniqli navoiyshunos olimi, yosh tadqiqotchilar, shu bilan birga, turkiyalik va ozarbayjonlik olimlarning mavzu boʻyicha maqolalari kiritilgan.
Ushbu ensiklopediya oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1000 nusxada chop etilgan.
Xabarda yozilishicha, taqdimotda kelgusida Navoiy asarlarini ham raqamli koʻrinishda tayyorlash, alohida veb-sayt hamda mobil ilovalarni yaratish orqali ularning yanada keng targʻib qilish xususida ham soʻz yuritilgan.
Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Xolboʻtayevning aytishicha, bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish zarur.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q