Hafta davomida ayrim joylarda harorat +30 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
11:36 / 17.03.2025 105 0

Foto: Daryo

 

Oʻzgidromet 18–20-mart kunlari uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 18-19-mart kuni baʼzi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Harorat kechalari +5– +10 daraja iliq boʻlishi kutiladi. Kunduzida 18-mart kuni – +22– +27; 19-mart kuni – +25– +30; 20-mart kuni +20– +25 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechalari +5– +10, kunduz kunlari 18-martda – +22– +27, 19-20-mart kunlari 25–30 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechalari +5– +10, kunduz kunlari 18-martda – +20– +25; 19-20-martda 22-27 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat 18-martda kechasi +7– +12, kunduzi +22– +27, 19-20-mart kunlari kechasi +10– +15, kunduzi +25– +30 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechalari +5– +10, kunduz kunlari 18-martda – +20– +25, 19-20-martda – 22-27 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

 

Harorat kechalari 0– +5, kunduz kunlari +12– +17 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//