
Siyosat
Endilikda, umumiy qoida tariqasida, har qanday kishini foto yoki video tasvirga olish yoki ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi. Bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, hujjat aholi fikrini oʻrganish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilgan.
Adliya vazirligi xabarida yozilishicha, insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash maqsadida vazirlik tomonidan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan.
“Fuqarolik kodeksiga koʻra, shaxslarning tasvirga boʻlgan huquqi daxlsiz. Shunga qaramay, kishilarning ushbu huquqini taʼminlash borasida qonunchilikda boʻshliqlar mavjud”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, qonun loyihasida quyidagilar ham belgilab qoʻyilmoqda:
▪️ 16 yoshdan boshlab oʻsmirlar ularni tasvirga olish, tasvirdan foydalanish uchun mustaqil rozilik bera oladi;
▪️ jamoat joylarida va ommaviy tadbirlarda tasvirga olish uchun ruxsat talab qilinmaydi;
▪️ davlat xizmatchilarini xizmat vazifasida cheklovsiz tasvirga olish va tasvirdan foydalanish mumkin;
▪️ noqonuniy harakatlarni tasvirga olish uchun rozilik shart emas;
▪️ videokuzatuv tizimlari haqida ogohlantiruvchi belgilar oʻrnatilishi shart;
▪️ kishilarning qisman yoki toʻliq kiyimsiz boʻlishni taqozo etadigan joylarda (tibbiyot xonasi, hammom, kiyim almashtirish xonalari va boshqa) videokuzatuvni amalga oshirish taqiqlanadi.
Agar tasvirdan rozilik berilgan maqsaddan boshqa maqsadda yoki inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda foydalanilsa, rozilik chaqirib olinishi mumkin.
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q