
Jamiyat
Joriy yilning 14-martida qabul qilingan Prezident farmoni bilan 86 turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi.
Bular:
▪️ charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga;
Oldin mazkur tovarlarni eksport qilish uchun uyushmalarning yigʻimlari belgilangan edi. Endilikda ular bekor qilindi.
▪️ goʻsht mahsulotlari, bugʻdoy, don, guruch, mineral oʻgʻitlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilariga;
Amalda ushbu tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qilish mumkin edi. Endi ushbu talablar bekor qilindi.
▪️ Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qoʻllab quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga(jumladan, tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral oʻgʻitlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi kabi).
Taʼkidlanishicha, bunday hujjatni qabul qilishdan asosiy maqsad eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Farmon:
➖ eksport tartib-taomillarini yanada takomillashtirish;
➖ mahalliy xom ashyo asosida qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish;
➖ qayta ishlash sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Maʼlumot uchun, 2025-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
Siyosat
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q